TЕZKOR GIDROMЕTЕOROLOGIK AXBOROT!

TЕZKOR GIDROMЕTЕOROLOGIK AXBOROT!

05.02.2024

TЕZKOR GIDROMЕTЕOROLOGIK AXBOROT!

     2024-yil 7-8 fevral kuni A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi  15 – 20 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
     2024 yil 6-12 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
     Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
     Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
     Samarqand viloyati: Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
     Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
     Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
     Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
     Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.