O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 5-9 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 5-9 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.02.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 5-9 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertaga kechga tomon ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 

7-fevral  chorshanba kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ish haftasining ikkinchi yarmida  8-9 fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yana quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 8 fevralda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Tog‘li hududlarda 7-8 fevral kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

6-8 fevral kunlari shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-7 fevral kunlari havo harorati asosan kechalari 0-5o iliq, kunduz kunlari 
7-12o iliq, ba’zi joylarda 15o iliqqacha bo‘ladi. 8-9 fevralda kechalari 2-7o iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 12-17o iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Poytaxtimizda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1-3o iliq, bugun kunduzi 9-11o iliq, ertaga 13-15o iliq bo‘ladi.

7 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8 fevralda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat 7-9 fevralda kechalari 3-6o iliq, kunduzi 7 fevralda 7-9o iliq bo‘ladi, 8-9 fevralda 15-17o iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.


2024 yil 5 fevral
O‘zgidromet