6-8 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

6-8 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

04.02.2024

6-8 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 8 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 7 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 8 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 6 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 7 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 8 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 6 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 7 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 8 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, 6-7 fevralda ayrim joylarda 25-27 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat, 6 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 7 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 8 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 7-8 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6 fevralda 4-9° sovuq, 7-8 fevralda kechasi 0-5° sovuq kunduzi 6 va 8 fevralda 3-8° iliq, 7 fevralda3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.