4 FEVRALDA KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

4 FEVRALDA KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.02.2024

MUHIM HODISALAR

4-5 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

4 FEVRALDA KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O’zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Respublika bo’yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida biroz qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq boladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° sovuq bo’ladi.