5-7 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

5-7 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

03.02.2024

5-7 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. 6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 6 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 7 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 6 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 7 fevralda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi
2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 6 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 7 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 6 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 7 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 6-7 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 5 fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 6-7 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.