3 FEVRALDA KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

3 FEVRALDA KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

03.02.2024

MUHIM HODISALAR

3-5 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

3 FEVRALDA KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O’zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida,  Jizzax viloyati va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba'zi joylarda yomg’ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-6° iliq boladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.