O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 2-4 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
02.02.2024
O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 2-4 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun ertalab O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining baland tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Havo harorati 3-8o iliq atrofida bo‘ladi.
Ertaga O‘zbekiston hududiga nam havoning yangi qismi kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba’zi joylarda asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yakshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Kunduzgi harorat 2-4 fevral kunlari 3-8o iliq atrofida bo‘ladi. Kechasi harorat asosan 0-5o sovuq, ba’zi joylarda 3o iliqqacha bo‘ladi.
3-4 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 2-4o sovuq, kunduz kunlari 4-6o iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0-2o sovuq, kunduzi 3-5o iliq bo‘ladi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi.