3-5 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
01.02.2024
3-5 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 4 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 5 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 5 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 4 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 5 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 va 5 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 4 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 4 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 5 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 5 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 4 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq, 5 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 va 5 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3 fevralda 0-5° iliq, 4 fevralda 2-7° iliq, 5 fevralda 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3 va 5 fevralda 3° sovuq-2° iliq, 4 fevralda 0-5° sovuq bo‘ladi.