1 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

1 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

01.02.2024

MUHIM HODISALAR

1-5 fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, uxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba'zi joylarda biroz qor yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi. 

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-3° iliq boladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° sovuq bo’ladi.