31 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

31 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

31.01.2024

MUHIM HODISALAR 

31 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

31 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba'zi joylarda biroz qor yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida biroz qor yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq-3° iliq, shimolda 1-6° sovuq bo‘ladi. 

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida biroz qor yog‘adi. Ertalab tuman tushishi mumkin.  Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliq boladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo’ladi.