1-3 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
30.01.2024
1-3 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 fevralda kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq, 2-3 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1-2 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 3 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 fevralda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 2-3 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi
2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKEN,T SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, 2-3 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 2-3 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1-2 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 3 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 2-3 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 2 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1 va 3 fevralda 5-10° sovuq, 2 fevralda 8-13° sovuq, kunduzi 1 fevralda 5-10° sovuq bo‘ladi, 2-3 fevralda 0-5° sovuqqacha asta-sekin ko‘tariladi.