O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 26-28 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 26-28 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.01.2024

 

Bugun O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlari sovuq havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, kunning birinchi yarmida qor yog‘ishi kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat 2-5o iliq, respublika shimolida 5o sovuq atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni kunduzi respublikamizga Turkmaniston hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘аdi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-2o sovuqqacha, ayrim joylarda 5o sovuqqacha pasayadi, kunduzi 5-10o iliqqacha ko‘tariladi, respublika shimolida kechasi 6-11o sovuq, kunduzi 2o sovuq-3o iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik respublikamizning barcha hududlariga tarqaladi. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechasi 0-5o iliqni, kunduzi 8-13o iliqni, shimolda kechasi 2-7o sovuqni, kunduzi 2o sovuq-3o iliqni tashkil etadi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Ushbu davrda respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, 28 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Poytaxtimizda: bugun kunning birinchi yarmida qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5o iliq bo‘ladi.

27 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2o sovuq, kunduzi 8-10o iliq bo‘ladi.

28 yanvarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4o iliq, kunduzi 9-11o iliq bo‘ladi.

 

2024 yil 26 yanvar

O‘zgidromet