27-29 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

27-29 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

25.01.2024

27-29 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 yanvarda 6-11° sovuq, 28-29 yanvarda 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 yanvarda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 28 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 29 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 yanvarda kechasi
0-5
° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 28-29 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 27 yanvarda 6-11° sovuq, 28-29 yanvarda 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 28-29 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 28 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 29 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 yanvarda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 28-29 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 28 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 28-29 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 27 yanvarda 1-6° iliq, 28-29 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 28-29 yanvarda vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 yanvarda 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 28 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 29 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.