26 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 25 yanvar soat 20 dan 26 yanvar soat 20 gacha

26 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 25 yanvar soat 20 dan 26 yanvar soat 20 gacha

25.01.2024

MUHIM HODISALAR

25-31 yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

 

26 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

25 yanvar soat 20 dan 26 yanvar soat 20 gacha

 

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 3-5° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, cho‘l hududlarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.