25 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
25.01.2024
25 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O’zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor), Farg’ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomg’ir yog’ishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasida va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq, shimolda 2-7° sovuq bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog’adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo’ladi.