O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 22-26 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 22-26 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

22.01.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 22-26 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududidan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 9-12o iliqqacha isiydi.

23-24 yanvar kunlari iliq havo kirib kelishi davom etadi, respublika hududining katta qismida quyoshli va ochiq havo kuzatiladi. 24 yanvarda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida 23-24 yanvar kunlari harorat kechalari 2-5o iliqqacha, kunduz kunlari 12-15o iliqqacha ko‘tariladi, shimoliy hududlarda esa 24 yanvarda kunduzgi harorat 2-7o sovuqqacha pasayadi.

25 yanvarda nam va sovuq havo massalari mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kunduzi 4-9o iliqqacha pasayadi, shimoliy hududlarda kechasi 6-11o sovuqni tashkil etadi, kunduzi 2-7o sovuqdan oshmaydi.

26 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi, shimoli-g‘arbiy hududlarda esa yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Harorat kechasi 2o sovuq-3o iliq, kunduzi 3-8o iliq, shimolda kechasi 6-11o sovuq, kunduzi 0-5o sovuq atrofida bo‘ladi.

 

Poytaxtimizda: bugun quyoshli va ochiq havo bo‘lishi kuzatiladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 10-12o iliqni tashkil etadi.

23-24 yanvar kunlari poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi 3-8 m/s bo‘ladi. Havo harorati 23 yanvarda kechasi 0-2o iliq atrofida bo‘ladi, 24 yanvarda kechasi 3-5o iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 23-24 yanvarda harorat 12-14o iliq atrofida bo‘ladi.

25 yanvarda poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7o iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 7-9o iliqqacha pasayadi.

 

2024 yil 22 yanvar

O‘zgidromet