24-26 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

24-26 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

22.01.2024

24-26 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’ishi mumkin. 26 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq, 25 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq, 26 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. 26 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 25 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 26 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 24 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq, 25 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq, 26 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi, 25-26 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 25 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq, 26 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi, 25-26 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 25 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq, 26 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi, 25-26 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, 25-26 yanvarda 0-5° iliq, kunduzi 24-25 yanvarda 5-10° iliq, 26 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi, 25-26 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 25 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 26 yanvarda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.