22-24 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

22-24 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

20.01.2024

22-24 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. 23-24 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 23 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 24 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq,  bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22-23 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. 24 yanvarda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 10-15° iliq, 23-4 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 22 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 23 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 24 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq,  bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-23 yanvarda 0-5° iliq, 24 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 22 yanvarda 12-17° iliq, 23-24 yanvarda 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.