O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-21 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
19.01.2024
O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 19-21 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning sharqiy hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kunduzi 5-10o iliqdan, shimolda 3o sovuq-2o iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
Ertaga faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ko‘pchilik hududlarda havo harorati kechasi 0-5o sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3-8o iliqni, shimolda kechasi 8-13o sovuqni, kunduzi 0-5o iliqni tashkil etadi.
Yakshanba kuni mamlakatimiz hududida ochiq va quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harоrat kechasi 0-5o sovuq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi, kunduzi 7-10o iliqqacha ko‘tariladi, respublika shimolida kechasi 5-10o sovuqqacha, kunduzi 2-7o iliqqacha bo'ladi.
20-21 yanvarda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida ushbu kunlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtimizda: bugun vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 5-7o iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi 3-8 m/s atrofida bo‘ladi. Kechasi havo harorati 1-3o sovuqqacha pasayadi, kunduzi 4-7o iliq atrofida bo‘ladi.
2024 yil 19 yanvar
O‘zgidromet