Hafta oxirida O‘zbekiston aholisini uzoq kutilgan salqin havo kutmoqda
13.08.2021
Avgust oyining o‘rtasi yaqinlashmoqda. Ushbu haftaning oxiri yoz oyining oxirigi oyi o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Shu kunlarda O‘zbekistonning barcha hududidagi aholini qulay ob-havo sharoiti kutmoqda.
Kecha kunning o‘rtasiga kelib, havo 36-37° gacha, shimol, janub va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida 38-40° gacha isidi.
Bugun esa G‘arbiy Qozog‘iston hududidan salqin havo kirib kelishi hisobiga kunduz kungi harorat 32-34° gacha pasayadi va faqat janubning eng chekkasida 36-38° gacha bo‘lgan nisbatan issiq harorat saqlanib turadi.
Da olish kunlari respublika hududiga salqin kirib kelishi davom etadi va kunduz kungi harorat 28-31° gacha, janubda esa 33-36° gacha pasayadi. Kechalari ham salqin bo‘ladi. Kechasi va erta tongda harorat 13-18° gacha pasayadi.
Sovuq front ӯtishi hisobiga ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi bilan kuzatiladi.
Hududning tekislik qismida hali ham quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat ba’zi joylarda osmonda bulutlar paydo bӯladi.
Ammo tog‘li hududlarda mahalliy qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi istisnodan holi emas. Buning hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda joylashgan an’anaviy dam olish maskanlariga borishda ehtiyot bӯling.