16 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.01.2024

MUHIM HODISALAR

16 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

 

16 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Yo’llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq boladi.

Respublikaning togli hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo’ladi.