15 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.01.2024

MUHIM HODISALAR

15-16 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

 

15 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab ba'zi joylarda qor yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, cho’l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq, shimolda 3-8° sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1° sovuq-1° iliq boladi.

Respublikaning togli hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo’ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo’ladi.