15-17 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

15-17 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

13.01.2024

15-17 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 16 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 17 yanvarda kechasi 8-13° sovuq,
kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 16-17 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 15 yanvarda 0-5° iliq,
16 yanvarda 5-10° iliq, 17 yanvarda 7-12° iliq bo’ladi. Navoiy viloyatining shimolida 15 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 16 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi
0-5° sovuq, 17 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin.
17 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 yanvarda kechasi
va kunduzi 0-5° iliq, 16 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 17 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. 16-17 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq,
17 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. 17 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 16 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 17 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi. 17 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib,
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 16-17 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.