14 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 13 yanvar soat 20 dan 14 yanvar soat 20 gacha
13.01.2024
MUHIM HODISALAR
13-16 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
14 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 13 yanvar soat 20 dan 14 yanvar soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 11-13° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi va kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, cho’l hududlarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi kunduzi 2-7° ili , kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.