13 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
13.01.2024
MUHIM HODISALAR
13-16 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.
13 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O’zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba'zi joylarda yomg’ir yog’adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechga tomon Farg’ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15° iliq, shimolda 5-10° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo’ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° illiq bo’ladi.