O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 2024 YIL 12-14 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
12.01.2024
O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 12-14 YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun mamlakatimiz hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechga tomon Navoiy viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 9-14o iliqni, shimolda 0-5o iliqni tashkil etadi.
Ertaga O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi, yakshanba kuni esa antisiklon kirib kelishi kutilmoqda, ushbu antisiklon asosan O‘zbekistonning shimoliy hududlariga ta’sir etadi. Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Dam olishi kunlari harorat kechalari 2-7o iliq, kunduz kunlari 10-15o iliq atrofida bo‘ladi. Ertaga shimolda kechasi 0-5o sovuq, kunduzi 5-10o iliq bo‘ladi, yakshanaba kuni kechasi va kunduzi 5-10o sovuqqacha pasayadi.
Shu kunlarda tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 13 yanvarada ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtimizda: bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12o iliq bo‘ladi.
Dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi, shamol o‘rtacha tezlikda esadi, 13 yanvarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 5-7o iliq, kunduzi 12-15o iliq atrofida bo‘ladi.