14-16 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
12.01.2024
14-16 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi. 15-16 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi va kunduzi 5-10° sovuq, 15 yanvarda kechasi 9-14° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 16 yanvarda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 15 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, bo’ladi. Navoiy viloyatining shimolida 14 yanvarda kechasi va kunduzi 5-10° sovuq, 15 yanvarda kechasi 9-14° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 16 yanvarda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 15 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 16 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 15 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 16 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 15 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 16 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 15 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 16 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.