13-15 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
11.01.2024
13-15 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 14 yanvarda kechasi va kunduzi 3-8° sovuq, 15 yanvarda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 va 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 14 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 15 yanvarda kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi. Navoiy viloyatining shimolida 13 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 14 yanvarda kechasi va kunduzi 3-8° sovuq, 15 yanvarda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 va 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-14 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 15 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 va 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 14 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 15 yanvarda kechasi
3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 va 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-14 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 15 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 13 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 14 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 15 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.