12-14 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

12-14 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

10.01.2024

12-14 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 13 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 14 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 va 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 13 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 14 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi. Navoiy viloyatining shimolida 12 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq,
13
yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 14 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 va 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 13 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 14 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 va 14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12-13 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 14 yanvarda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 yanvarda kechasi va ertalab va 13 yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin, 14 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 13 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 14 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12-13 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 13 yanvarda  kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 14 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.