7-9 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
05.01.2024
7-9 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi,
8-9 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 8 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 9 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8-9 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 8 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 9 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
9 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 8 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 9 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8-9 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 8 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 9 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 8 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-8 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 9 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat 7 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 8 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 9 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.