Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash

Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash

12.08.2021

Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash

O‘zbekiston aviaxizmatchilari kasaba uyushmasi Respublika hay’ati 4 yo‘nalish bo‘yicha (“2019 – 2020 yy. eng yaxshi fuqoro muhofazasi ma’suli”, “Eng yaxshi fuqaro muhofazasi ishchi guruhi”, “Fuqaro muhofazasini tashkillashtirish bo‘yicha eng yaxshi korxona”, “Fuqaro muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi yosh mutaxassis”) konkurs natijalari aniqlandi.

O‘zgidromet mutaxassislari:

“2019 – 2020 yy. eng yaxshi fuqaro muhofazasi ma’suli” nominatsiyasi 2-kichik guruhda quyidagi o‘rinlarni olgan: Jizzax GMB xodimi Sirojov G‘.Sh. – II o‘rinni, Xorazm GMB xodimi Saidjanova L.Sh. – III o‘rinni egalladilar.

“Fuqaro muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi yosh mutaxassis” nominatsiyasi 1-guruhda quyidagi o‘rinlarni oldilar: Samarqand GMB xodimi Kamilova X.K. – II o‘rinni, Toshkent GMB xodimi Abdullaeva D.M. – III o‘rinni; 2-guruhda Namangan GMB xodimi Rasulova G. – II o‘rinni egalladilar.

Yuqorida keltirilgan musobaqa g‘oliblari O‘zbekiston aviaxizmatchilar kasaba uyushmasi Respublika hay’ati va O‘zgidromet kasaba uyushmasi tomonidan moddiy rag‘batlantirildi. Musobaqa ishtirokchilarini g‘alaba bilan tabriklaymiz hamda faol ishtiroklari va mehnatlari uchun tashakkur bildiramiz.

O‘zgidromet va O‘zbekiston aviaxizmatchilari kasaba uyushmasi Respublika hay’ati tomonidan har yili o‘tkaziladigan bunday musobaqalarda faol qatnashishlarini so‘raymiz.