27 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 26 dekabr soat 20 dan 27 dekabr soat 20 gacha

27 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 26 dekabr soat 20 dan 27 dekabr soat 20 gacha

26.12.2023

МУҲИМ ҲОДИСАЛАР

26-27 декабрь кунлари республика бўйича баъзи жойларда ёмғир ёғади, шимолда қорга айланади. Тоғ олди ва тоғли ҳудудларда ёғингарчилик(ёмғир, қор), вақти-вақти билан кучли бўлади.
26-27 декабрда баъзи жойларда шамол тезлиги 17-22 м/с гача кучаяди, Қорақалпоғистон Республикаси, Навоий, Самарқанд, Жиззах вилоятларида ва тоғли ҳудудларда 25-28 м/с гача кучайиши, айрим жойларда чанг-тўзонлар билан кузатилиши мумкин.

27 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 26 dekabr soat 20 dan 27 dekabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 8-10° iliq boʻladi. 

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Samarqand viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.