24-26 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

24-26 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

22.12.2023

24-26 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 26 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-26 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 24 dekabrda 10-15° iliq, 25 dekabrda 8-13° iliq, 26 dekabrda 5-10° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-26 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 25 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 26 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-26 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 25 dekabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 26 dekabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-26 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 25 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 26 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-25 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi10-15° iliq; 26 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 dekabr va 26 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 dekabr va
26 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 24-25 dekabrda 7-12° iliq, 26 dekabrda 3-8° iliq bo‘ladi.