20-22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

20-22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

18.12.2023

20-22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 21-22 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-21 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 22 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 20 dekabrda kechasi 5-10°  sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 21-22 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-21 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 22 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 20-21 dekabrda 5-10° iliq, 22 dekabrda 7-12° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 21-22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-21 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 23 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.