19-21 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

19-21 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

17.12.2023

19-21 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 19 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, 20-21 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 dekabrda ayrim hududlarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat, 19 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 20 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 21 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 19 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, 20-21 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, Navoiy viloyatining shimolida 19 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 20 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 21 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 19 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, 20-21 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 dekabrda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi
2-7° iliq, 20-21 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq- 2° iliq, kunduzi 19 dekabrda 8-13° iliq, 20-21 dekabrda 5-10° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 19-20 dekabrda ba’zi joylarda qor yo‘g‘аdi, 21 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 20 dekabrda kechasi va kunduzi 2° sovuq- 3° iliq, 21 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq bo‘ladi.