2023 YIL 14-17 DEKABR KUNLARIGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN OB-HAVO SHAROITI

2023 YIL 14-17 DEKABR KUNLARIGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN OB-HAVO SHAROITI

13.12.2023

2023 YIL 14-17 DEKABR KUNLARIGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN OB-HAVO SHAROITI

11-13 dekabr kunlari kuzatilgan kuchli sovuqlardan so‘ng O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

14 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, shimolda 15-17° sovuqqacha atrofida hali ham sovuq bo‘ladi, kunduz kuni esa havo 0-5° iliqqacha isiydi.

15-17 dekabr kunlari harorat kechalari 0-5° sovuqqacha, ba’zi joylarda iliqqacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 4-9° iliqdan
0-5° iliqqacha o‘zgarib turadi.

14-17 dekabr kunlari davrida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 16 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Poytaxtimizda 14-15 dekabr va 17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechalari 11-13° sovuqdan 0-2° sovuqqacha asta-sekin ko‘tariladi, kunduz kunlari 14 dekabrda 1-3° iliq,
15 dekabrda 4-6° iliq, 16 dekabrda 0-2° iliq, 17 dekabrda 2-4° iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.