12 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 11 dekabr soat 20 dan 12 dekabr soat 20 gacha
11.12.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 11-14 dekabr kunlari O’zbekiston hududiga shimoldan sovuq havo massalarining kirib kelishi davom etadi.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.
12 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI
11 dekabr soat 20 dan 12 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-7o sovuq boʻladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi
10-15° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yogʻadi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yogʻadi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-13° sovuq bo‘ladi.