11 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
11.12.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 11-14 dekabr kunlari O’zbekiston hududiga shimoldan sovuq havo massalarining kirib kelishi davom etadi.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.
11 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o’zgarib turadi, yogingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, shimolda ba’zi joylarda qor yog’adi. Farg’ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir qorga aylanadi) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo’llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq, shimolda 2-7° sovuq bo’ladi.
Toshkentda havo o’zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-5° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog’adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo’llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo’ladi.