9 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
09.12.2023
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
Joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma - bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.
9 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʼadi. Fargʼona vodiysi viloyatlarida yogʼingarchilik (yomg’ir qorga aylanadi). Respublikanung qolgan hududlarida yogʼingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-6° iliq, shimolda 0-5° sovuq boʼladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʼadi. Ertalab tuman tushishi mumkin.
Yo’llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol gʼarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliq boʼladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʼadi, baʼzi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.