8 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

8 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

08.12.2023

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

Joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi
5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

 

8 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda Havo biroz bulutli boʼladi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʼir yogʼadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpogʼiston Respublikasida, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida va Fargʼona vodiysi viloyatlarida yogʼingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq, shimolda 2° sovuq-3° iliq boʼladi.

Toshkentda Havo biroz bulutli boʼladi, kunning ikkinchi yarmida yomgʼir yogʼadi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib, gʼarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-5° iliq boʼladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor.) bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.