TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

07.12.2023

      2023-yil 10-12 dekabr kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi  17 – 22 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin;

      Shuningdek, joriy yil 8-13 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

      Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);

      Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

      Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

 

 

#uzgydromet #hydrometuz #emergencyinformation #information #шошилинчахборот #ахборот #экстреннаяинформация #информация

 

official website: https://hydromet.uz/

telegram: https://t.me/uzgydromet

facebook: https://www.facebook.com/uzhydromet

instagram: https://www.instagram.com/hydromet.uz/?hl=ru