O‘ZBEKISTON BOYICHA 7-10 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.12.2023
O‘ZBEKISTON BOYICHA 7-10 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat 8-13o iliq, shimolda 0-5o iliq bo‘ladi.
Ertaga, 8 dekabr kuni respublikaning ko‘pchilik hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5o iliqqacha, kunduzi 5-10o iliqqacha, shimolda kechasi 2-7o sovuqqacha, kunduzi 0-2o sovuqqacha pasayadi.
9 dekabr, shanba kuni yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik faqat O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida saqlanib turadi.
8-9 dekabr kunlari tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik - asosan qor shaklida bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
8-9 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda
10-dekabr - yakshanba kuni respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Havo harorati shanba kuni kechasi 0-5o iliq, kunduzi 3-8o iliq, yakshanba kuni kechasi 2o sovuqdan 3o iliqqacha, kunduzi 5-10o iliq atrofida bo‘ladi.
Respublika shimolida dam olish kunlari kechasi 5-10o sovuqqacha, kunduzi 0-5o sovuqqacha bo‘ladi
Keyingi haftaning birinchi yarmida sovuq respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati kechalari 8-13o sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8o sovuqqacha pasayadi. Respublika shimolida harorat kechalari 15-20o sovuqqacha, kunduz kunlari 7-12o sovuqqacha pasayadi.
Poytaxtimizda: 7 va 10 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 dekabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, 9 dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat 7 dekabrda 9-11o iliq, 8-10 dekabrda kechasi 0-5o iliq, kunduzi 4-9o iliq bo‘ladi.
2023 yil 7 dekabr
O‘zgidromet