7-9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
05.12.2023
7-9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 8-9 dekabr kunlari 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 8 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 9-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq 3° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 8 dekabr kuni ba’zi joylarda yomg’ir yo‘g‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 8-9 dekabr kunlari 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 8-9 dekabrda kechasi 0-5° iliq,
kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-9 dekabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 8 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 9 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. faqat 8 dekabr ba’zi joylarga yomg‘ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 8-9 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 7-8 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 dekabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog’ishi mumkin. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 8 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-12° iliq, 9 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-9 dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg’ir, qor). Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-8 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 9 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq, 3° iliq bo‘ladi.