30 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.11.2023

30 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq, shimolda 5-10° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog’larda qorga aylanadi, tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.