30 NOYABR OB-HAVO PROGNOZI 29 noyabr soat 20 dan 30 noyabr soat 20 gacha
29.11.2023
30 NOYABR OB-HAVO PROGNOZI
29 noyabr soat 20 dan 30 noyabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg’ir yog’ishi mumkin, tuman tushadi. Kunduzi yog’ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.