​​​​​​​29 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

​​​​​​​29 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29.11.2023

29 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12-17° iliq, shimolda 5-10° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog’larda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20  m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.