28 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
28.11.2023
28 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoroqolpog’iston, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim hududlarda chang-to’zon kuzatiladi. Harorat
20-25° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° iliq bo‘ladi.