22 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
22.11.2023
MUHIM HODISALAR
22 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23 noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
22-23 noyabrda respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 3-6 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.
22-23 noyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
22 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg’ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, ertalab biroz yomg’ir yog’ishi mumkin, kunduzi yomg’ir yog’adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-18° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’ ildi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, tuman tushadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.