21 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
21.11.2023
MUHIM HODISALAR
21 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 22 noyabrda respublikaning katta qismida, 23 noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.
22 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23 noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
22-23 noyabrda respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 3-6 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.
22-23 noyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
21 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’ ildi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.