TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
20.11.2023
Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
21 noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 22 noyabrda respublikaning katta qismida, 23 noyabrda Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻadi.
22 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23 noyabrda Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi.
22-23 noyabrda respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi
15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.
Havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari
3-6 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha boʻlishi mumkin.
22-23-noyabrda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
2023 yil 22 noyabr kuniga yog‘ingarchilik miqdori taqsimlanishi xaritasi
2022 yil 20 noyabr
O‘zgidromet